Dushanba kun juda muhim kashfiyot haqida e’lon qilinadi

in #eso7 years ago (edited)

ESO observatoriyalari kompozitsiyasi. ESO/M. Kornmesser

2017-yil 16-oktabr O’zbekiston vaqti bo’yicha soat 20:00 da o’zining Garxingda joylashgan shtab-kvartirasida ESO press-konferensiya o’tkazmoqchi. Bu konferensiyada shu paytgacha payqalmagan astronomik hodisa bo’yicha inqilobiy kuzatishlar xulosasi taqdim etiladi.

Bu haqda xabar hozirda Chilidagi Paranal ESO observatoriyasida uning Bosh direktori Xavyer Barkons (Xavier Barcons) tomonidan e’lon qilinadi. Bundan tashqari Yevropaning ko’pgina ilmiy-tadqiqot hamjamiyatlarining vakillari ham nutq so’zlaydilar.

RFA Kosmik taqdqiqotlar Instituti (KTI) quyidagicha ma’lumot bermoqda: 16-oktabr kuni konferens-zalda “INTEGRAL observatoriyasi: orbitadagi muvvafaqiyatli 15 yil” ilmiy sessiyasi va press-konferensiya bo’lib o’tadi. Bu yerda, LIGO/Virgo gravitatsion-to’lqinli, “Integral” va “Fermi” kosmik observatoriyalari hamda ular bilan muvofiqlikda ishlaydigan yer teleskoplari orqali qo’lga kiritilgan misli ko’rilmagan ilmiy yangilik haqida e’lon qilinadi. Kashfiyot mualliflaridan biri bo’lgan RFA KTI hodimlari shu paytgacha biron marta kuzatilmagan fizik hodisaning ilk bor qayd qilinishi haqida gapirib beradilar. Sessiya va press-konferensiyada Roskosmos, Rossiya fanlar akademiyasi, Yevropa kosmik agentligi, Yevropa davlatlari kosmik agentiklari, Rossiya institut va universitetlari olimlari va raketa-kosmik sanoat vakillari ishtirok etadilar. Qaytarib o’tamiz, press-konferensiya boshlanish vaqti UTC+1 bo’yicha 16:00 da, ya’ni O’zbekiston vaqti bo’yicha 20:00 da. Aynan shu vaqtda kashfiyotga bag’ishlangan maqolalar chop etish va press-relizlar embargosi yechiladi. Bundan tashqari, shu paytda parallel press-konferensiyalar AQSh, Italiya, Niderlandiya, Germaniya, Yaponiya, Koreya, Argentina, Avstraliya va JARda ham bo’lib o’tadi.

Sort:  

@cryptohustlin has voted on behalf of @minnowpond. If you would like to recieve upvotes from minnowponds team on all your posts, simply FOLLOW @minnowpond.

To receive an upvote send 0.25 SBD to @minnowpond with your posts url as the memo
To receive an reSteem send 0.75 SBD to @minnowpond with your posts url as the memo
To receive an upvote and a reSteem send 1.00SBD to @minnowpond with your posts url as the memo

Coin Marketplace

STEEM 0.28
TRX 0.11
JST 0.031
BTC 69909.00
ETH 3924.76
USDT 1.00
SBD 3.68